12:37 / 21.09.2017
10388

«Mariya» tinchimayapti, u yana dovulga aylandi

Foto: Reuters

Atlantika okeanida paydo bo‘lgan «Mariya» yana kuch to‘plamoqda. U 3-toifaga ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda AQSh Milliy dovullar markazi. 

Shamol tezligi uning markazida soatiga 185 kmni tashkil etmoqda. 

Taxminlarga ko‘ra, dovul Puerto-Riko sohillaridan uzoqlashib, Dominikana tomon harakatlanishda davom etadi. 

Avvalroq, Puerto-Rikoda «Mariya» tufayli elektroenergiyasi o‘chib qolgani xabar qilingan edi.

 

Mavzuga oid
Top