08:09 / 21.09.2017
4218

Puerto-Riko "Mariya" dovuli sababli butkul elektr ta'minotisiz qoldi

Foto: Reuters

Puerto-Riko oroli "Mariya" dovuli sababli butkul elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda orolning favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Abner Gomes televideniye orqali namoyish qilingan matbuot-anjumanda aytib o‘tgan. 

"Orol 100 foiz elektr energiyasiz qoldi", deb aytgan Gomes. Uning aytishicha, talofatlarni hozircha baholashning iloji bo‘lmagan. "Biz olayotgan ma'lumotlar tashvishlidir. Bu dovul o‘z yo‘lidagi barcha narsani yo‘q qilgan", deb qo‘shimcha qilgan Gomes.

3 mln dan ko‘proq aholiga ega orol AQSh bilan erkin tarzda birlashgan davlat maqomiga ega.

Avvalroq AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markazi "Mariya" 3-toifagacha pasayganini ma'lum qilgandi. Hozir dovul Dominikana tomon yo‘nalmoqda.

Biroq dovul hali ham xavfli bo‘lib qolmoqda hamda toshqinlar va vayronagarchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Dovuldagi shamolning doimiy tezligi soatiga 185 km ni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid
Top