23:23 / 21.09.2017
35582

O‘zbekiston bilan chegara haqidagi shartnoma Qirg‘iz parlamentida birinchi o‘qishda ratifikatsiya qilindi

Foto: Sputnik

Qirg‘iziston parlamenti — Jogorku Kengesh deputatlari qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasi haqidagi oraliq shartnomani ratifikatsiya qilishni birinchi o‘qishdayoq ma'qullashdi, deb xabar beradi 24.kg.

Muhokamasi yopiq eshiklar ortida o‘tgan hujjatni qabul qilinishi yoqlab, 86 deputatdan 84 nafari ovoz berishgan.

Parlamentning faqatgina ikki nafar deputati — birbolchilardan Miqtibek Abdildayev va «Ata Meken» fraksiyasidan Natalya Nikitenko qarshi ovoz berishgan.

Jogorku Kengesh yig‘ilishi kun tartibida 2017 yil 5 sentabrda Bishkekda imzolangan, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma chegara shartnomasini ratifikatsiya qilish masalasi turgan edi.

Top