20:20 / 21.09.2017
8555

Volvo XC40 krossoveri rasman taqdim qilindi

Volvo XC40 krossoveri CMA platformasida qurilgan bo‘lib, uni shved kompaniyasi va Xitoyning Geely kompaniyasi birgalikda yaratgan. Eslatib o‘tamiz, Volvo Xitoy kompaniyasiga tegishli.

Yangi mashina tashqi tomondan o‘tgan yili taqdim qilingan Volvo 40.1 kontseptini to‘liq qaytaradi. Mashina taqdimoti Milanda bo‘lib o‘tdi.

Mashinaning uzunligi 4 425 mm, eni 1 863 mm,balandligi 1 652 mm ga, g‘ildiraklar bazasi o‘lchami 2 702 mm ga teng. Mashinaning yukxonasi hajmi 460 litrga, orqa o‘rindiq yig‘ilganda esa 1 336 litrga yetadi.

Birinchi bosqichda Volvo XC40 to‘liq privod va ikkita 4 silindrli, 2 litrli – 190 ot kuchiga ega, dizelda ishlovchi D4 va 247 ot kuchiga ega, benzinda ishlovchi T5 turbomotorlar bilan taklif qilinadi. Ikkala dvigatel ham 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Keyinroq sotuvga mashinaning old privodli, gibrid yoki to‘liq elektr hamda yangi 3 silindrli motorli versiyasi chiqadi. Mashinaning qolgan ko‘rsatkichlari ma'lum qilinmagan.

XC40’ning komplektatsiyasiga qarab uning qurilmalariga simsiz quvvatlagich, vertikal tachskrinli multimedia majmuasi, Pilot Assist yarimavtomat boshqaruv tizimi, City Safety majmuasi, aylana videoko‘rish tizimi, yo‘ldan chiqib ketishdan ogohlantirish, ko‘ndalang yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari haqida ogohlantirish tizimlari kirishi mumkin.

Yangi krossover noyabrdan Volvo’ning Belgiyadagi zavodida ishlab chiqarila boshlanadi.  

Suratlar manbasi:kolesa.ru

Top