11:50 / 22.09.2017
8696

3 yirik aviakompaniya KXDR sinovlari tufayli reyslar yo‘nalishini o‘zgartirdi

Yevropadagi uch yirik aviakompaniya - Lufthansa, Swiss International Air Lines va Scandinavian Airlines Yaponiyaga parvozlari yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu Shimoliy Koreya sinovlari bilan bog‘liq vaziyat fonida yuz bergan, deb xabar qilmoqda NHK.

Ta'kidlanishicha, yo‘nalishlar Yapon dengizi ustidan o‘tishning o‘rniga, Yaponiyaning Xokkaydo va Toxoku shimoliy mintaqalari ustidan amalga oshirilmoqda.

Aviatashuvchilar ma'lumotiga ko‘ra, o‘zgarishlar parvoz vaqtini jiddiy ravishda oshirmagan.

Shu bilan birga, aviakompaniyalar vakillarining qayd etishicha, raketaning laynerlar bilan to‘qnashib ketishi ehtimoli juda kam.

Avvalroq Kuvayt KXDR elchisidan mamlakatni tark etishni talab qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top