21 sentabr kuni keçki soat 23:00da Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqida KUN.UZ'ning işonçli manbasi xabar bermoqda. 

Ma'lum bölişiça, şoşilinç videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi mavsumi masalasi muhokama qilingan. Yiğilişda paxta-yiğim terimida bölgan talabalar, öqituvçi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda iş faoliyatiga qaytariş masalasi körib çiqilgan. 

Hukumat rahbari tomonidan 22 sentabr kuni soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, öqituvçilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytariş böyiça topşiriq berilgan.

Endilikda fermer xöjaliklarida yetiştirilgan hosilni yiğib-terib oliş uçun aniq belgilangan çora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va "Fidoyi yoşlar otryadlari" jalb qilinadi.