08:51 / 22.09.2017
24262

Kim Chen In: Tramp Shimoliy Koreyani yo‘q qilish haqidagi so‘zlari uchun katta haq to‘laydi

Foto: AP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampni "gangster" deb atadi va Shimoliy Koreyani yo‘q qilish haqidagi so‘zlari uchun qattiq pushaymon yeyishini aytdi. Shimoliy Koreya yetakchisining bu bayonoti Koreya markaziy telegraf agentligi saytida chop etilgan.

Tramp BMT Bosh assambleyasi doirasida Kim Chen Inni "butunlay yo‘q qilish bilan" tahdid qilgan.

O‘z navbatida, Kim Chen In Trampning bu so‘zlarini "urush e'lon qilinishi" deb atagan.

"BMT minbaridan ochiqchasiga suveren davlatni "butunlay yo‘q qilish" bilan tahdid qilgan AQSh prezidentining ruhiy nosog‘lom xatti-harakati normal fikrlaydigan odamlarni ogohlik va sovuqqonlik haqida o‘ylashga majbur qiladi", deb yozgan Kim Chen In. 

"Men AQSh oliy bosh qo‘mondonini Shimoliy Koreyani yo‘q qilish haqidagi so‘zlari uchun katta haq to‘lashga majbur qilaman. Bu Tramp gapirishni yaxshi ko‘radigan safsatalardan biri emas", deb qo‘shimcha qilgan Shimoliy Koreya yetakchisi.

Uning ta'kidlashicha, Tramp o‘zi kutmagan oqibatlarga duch keladi.

Mavzuga oid
Top