2017 yilning 22 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Deputatlar alimentlar tölovini ta'minlaşga doir amaldagi qonun hujjatlarida mavjud bölgan kamçiliklarni va samarasiz mexanizmlarni bartaraf etiş maqsadida işlab çiqilgan qonun loyihasini ham körib çiqdilar.
Keyingi paytlarda, majlisda qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga fuqarolarning alimentlar öz vaqtida tölanmasligi masalalariga doir murojaatlari va uşbu sohadagi qonun hujjatlarini takomillaştirişga oid takliflar soni oşgan. Bundan taşqari, «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni çet elga çiqişga doir çeklovni olib taşlaş uçun alimentlarni oldindan tölaş yoki alimentlarni tölaş majburiyatini ta'minlaş böyiça garov şartnomasini tuziş imkonini beruvçi norma bilan töldirilmoqda. Şunday qilib, alimentlar tölaşi şart bölgan şaxslarning xorijga çiqiş huquqlarini amalga oşiriş uçun, alimentlar oliş huquqiga ega bölgan bolalarning manfaatlarini buzmagan holda, şart-şaroitlar yaratilmoqda.
Majlisda körib çiqilgan boşqa qonun loyihasi oilaviy ajralişlarning oldini olişga, şu jumladan, uşbu masala yuzasidan mahallalarning tutgan örnini kuçaytiriş orqali oldini olişga qaratilgan. Hozirgi vaqtda fuqarolar yiğinlari huzurida yaraştiriş komissiyalari iş yuritayotgan bölib, ular faoliyatining asosiy maqsadi oilaviy muammolarni tinç yöl bilan hal etişdan, oilaviy nizolarni sudga qadar körib çiqişdan iborat. Şuni hisobga olgan holda, Özbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sudlar va FHDYo organlari tomonidan ularning iş yurituvida nikohdan ajratiş bilan boğliq işlar mavjudligi töğrisida yaraştiriş komissiyalarini xabardor qilişga doir qoidalarni belgilaşga qaratilgan özgartişlar va qöşimça kiritilmoqda. Bu, öz navbatida, yaraştiriş komissiyalariga ajralişlarning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar köriş imkonini beradi.
Qiziqarli bahs-munozara ruhida ötgan majlis davomida körib çiqilib, birinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihalari yuzasidan deputatlar birlaşmalari öz nuqtai nazarlarini bildirdilar.
Majlisda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining vakolatlariga taalluqli boşqa masalalar ham körib çiqildi.













