16:00 / 22.09.2017
12269

Oliy liganing yana bir hakami «ikki» baho oldi

Foto: PFL

O‘zbekiston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib borgan toshkentlik hakam Olim Tolibjonov uchrashuv nazoratchisi tomonidan «ikki» bahoga loyiq ko‘rilgan.

PFL rasmiy sayti bergan qaydnomaga ko‘ra, nazoratchi Abdullayev Tolibjonovga 4.0 ball qo‘ygan. Bu oddiy til bilan aytilganda «ikki» bahoga teng deganidir. Qanot va zaxira hakami esa odatdagidek nisbatan yuqori ballar olishgan.

Ma'lumot uchun uchrashuvda 3:3 hisobidagi durang qayd etilgan. Hozircha Tolibjonov qanday qarorlari evaziga bu qadar past bahoga loyiq ko‘rilgani ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, hafta boshida «Buxoro» va «Dinamo» uchrashuvini boshqarib borgan Rustam Bobomurodov ham nazoratchi tomonidan 4.0 ballga loyiq ko‘rilgan, keyinroq O‘FF prezidentiga hakamning ustidan tushgan e'tirozlar natijasida tashkilot Bobomurodovni butun umrga hakamlikdan chetlatgandi.

Top