18:53 / 22.09.2017
16924

Ronaldu, Messi yoki Neymar. FIFA The Best uchun da'vogarlarni e'lon qildi

FIFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun topshiriladigan The Best sovrini uchun da'vogarlik qilayotgan uch nafar futbolchi nomini e'lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, bu sovrin uchun «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Barselona» sobiq futbolchisi, endilikda «PSJ» vakili bo‘lgan Neymar da'vogarlik qiladi.

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu «Real» bilan o‘tgan mavsumda YeChL va Ispaniya chempionatida zafar quchgan. Messi va Neymar Ispaniya kubogini yutgan.

 

Top