14:55 / 22.09.2017
17573

«Savdogar» ATB valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi qulayliklardan bahra oling!

Foto: Savdogarbank

Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat banki shoxobchalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi №5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoni ijrosi bo‘yicha mijozlar bilan, xususan, iste'mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan  davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bank Boshqaruvi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan shoxobchalar mijozlariga bank tomonidan valyuta amaliyotlari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar  taqdimotlari o‘tkazilib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Foto: Savdogarbank 

Hozirgi kunda Savdogarbankning barcha filiallari iste'mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda banklardagi hisobvaraqlar orqali sotmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari va o‘z ixtiyorlariga ko‘ra  joriy xalqaro amaliyotlar, ya'ni tovarlar hamda  xizmatlar importi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Foto: Savdogarbank 

Yakka tartibdagi tadbirkor chet el valyutasi uchun to‘lovni o‘zining savdo tushumi va bankka topshirgan naqd puli hisobidan amalga oshiradi.

Shuningdek, ular sotib olingan valyuta mablag‘larini qo‘yidagi maqsadlar uchun cheklovsiz ishlatishlari  mumkin:

* mamlakatimizdan tashqarida  xalqaro to‘lov kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
* xorijdagi bankomatlar orqali naqd valyutani yechib olish orqali xaridlarni amalga oshirish;
* tasdiqlovchi hujjatlar asosida (invoys, to‘lov uchun hisob yoki import shartnomasi) tovarlar va xizmatlar importi uchun to‘lovni bank o‘tkazmasi orqali amalga oshirish.

Savdogarbank filiallari  mijozlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida konversion kartani rasmiylashtirish jarayonini 1 kunda amalga oshirmoqda.

Foto: Savdogarbank 

Hurmatli yurtdoshlar hamda tadbirkorlar Savdogarbank xizmatidan foydalanganingiz uchun bag‘oyat xursandmiz!

Savdogarbank Sizning ishonchli hamkoringiz!

Qo‘shimcha ma'lumotlarni  252-73-35, 252-13-19, 254-42-55 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top