09:47 / 22.09.2017
14505

Shimoliy Koreya Tinch okeanida vodorod bombasi sinovini o‘tkazishi mumkinligi aytildi

Foto: AP

Shimoliy Koreya Tinch okeanida vodorod bombasi sinovini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

Vazirdan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Trampning gaplariga javoban Pxenyan "oliy darajadagi" harakatlarni amalga oshirishidan ogohlantirishi haqidagi so‘zlariga izoh berish so‘ralgan. 

"Bu Tinch okeanidagi kuchli vodorod bombasi portlashi bo‘lishi mumkin. Qanday harakatlar qabul qilinishi borasida tushunchaga ega emasmiz, chunki buyruqlarni yetakchi Kim Chen In beradi", deb aytgan vazir BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasi vaqtida. 

Avvalroq Kim Chen In Tramp Shimoliy Koreyaning yo‘q qilinishi mumkinligi haqidagi so‘zlari uchun "katta haq to‘lashi"ni aytgandi. 

Mavzuga oid
Top