AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Berron MLS vakili Vashingtonning «Di Si Yunayted» klubi bolalar jamoasida (U-12) to‘p surishni boshladi. Bu haqda U.S. Soccer Development Academy nashri xabar tarqatdi.

Foto: Getty Image

11 yoshli Berron Tramp AQSh rahbarining hozirgi rafiqasi sanalgan Melanya Trampning yagona farzandi sanaladi.

Bolakay jamoasi safida yarimhimoyachi pozitsiyasida to‘p suradi. U jamoada 81-raqamli futbolkada maydonga tushadi.