21:25 / 23.09.2017
9633

APL. Manchester to‘xtamayapti, «Chelsi» quvishda davom etyapti

Angliya premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda turnir jadvalida dastlabki uchta o‘rinni egallab turgan jamoalar o‘z o‘yinlarini bir vaqtda o‘tkazishdi.

«Manchester Siti» o‘z uyida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, yana yirik hisobda g‘alaba qozondi. Rahim Sterlingning dubli, Sane, Aguero va Delfning gollari «shaharliklar»ga 5:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. 

Manchesterning boshqa bir jamoasi «Yunayted» esa bu turda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Jamoa «Sauthempton» uyida Romelu Lukakuning yagona goli evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘z navbatida «Chelsi» esa Alvaro Morataning het-triki yordamida «Stok Siti» uyidan yirik g‘alaba bilan qaytdi.

Turnir jadvalida «Manchester Siti» 16 ochko va 21-2 to‘plar nisbati bilan peshqadamlik qilmoqda. «Yunayted» esa 16 ochko 17-2 to‘plar nisbati bilan ikkinchi, 13 ochko jamg‘argan «Chelsi» esa 13 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.

Turning qolgan uchrashuvlarida «Everton» Umar Nyassening dubli evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Uotford» «Suonsi» uyida so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. «Byornli» liga debyutanti «Haddersfild» bilan kechgan o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Angliya premer-ligasi, 6-tur

Manchester Siti – Kristal Pelas 5:0 (1:0)

Gollar: Sane (44), Sterling (51, 59), Aguero (79), Delf (89).
Manchester Siti: Ederson, Stounz (Delf, 70), Mendi (Danilo, 29), Uoker, Otamendi, Silva, Fernandino, Sterling (Bernardu Silva, 61), de Bryuyne, Sane, Aguero.
Kristal Pelas: Hennessi, Sako, Denn, van Anxolt, Fosu-Mensa, Taunsend, Shlupp, Milivoyevich, Kabay (Panchon, 57), Loftus-Chik, Benteke (Sako, 72).
Ogohlantirishlar: Mendi (25), Danilo (56), Sane (75), Shlupp (76).

Sauthempton – Manchester Yunayted 0:1 (0:1)

Gol: Lukaku (20).
Sauthempton: Forster, Yosida, Bertran, Soaresh (Uord-Prouz, 83), Xudt, Romeu, Lemina, Devis (Gabbyadini, 73), Tadich, Redmond, Long (Ostin, 83).
Manchester Yunayted: De Xea, Djons, Bayi, Valensiya, Mata (Errera, 62), Yang, Fellayni, Matich, Mxitaryan (Smolling, 75), Reshford (Blind, 90), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Long (37), Yang (43), Valensiya (69), Lukaku (82), Errera (88).

Stok Siti – Chelsi 0:4 (0:2)

Gollar: Morata (2, 77, 82), Pedro (30).
Stok Siti: Batlend, Piters, Martins Indi (Afellay, 76), Djonson, Allen, Shaqiri, Fletcher, Sobxi, Shupo-Moting, Xese (Krauch, 61), Diuf.
Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Villian (Azar, 72), Kante, Pedro (Fabregas, 68), Bakayoko, Alonso (Keyxill, 59), Morata.
Ogohlantirishlar: Shaqiri (49), Alonso (51), Kante (57).

Suonsi – Uotford 1:2 (0:1)

Gollar: Abraham (56) – Grey (13), Risharlison (90).
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Mouson, Olsson, van der Xorn (Abraham, 46), Kerroll, Fer, Klukas (Mesa, 46), Noton, Ayyu, Boni.
Uotford: Gomes, Mariappa, Xolebas, Femeniya, Kabasele, Kleverli, Dukure, Karrilo (Pereyra, 74), Kapu (Vage, 46), Risharlison, Grey.
Ogohlantirishlar: Kapu (34), Dukure (45).

Byornli – Haddersfild 0:0

Byornli: Poup, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Kork, Defur, Arfild (Gudmundsson, 77), Xendrik (Barns, 74), Breydi, Vud.
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Leve, Smit, Shindler, Sabiri (van La Parra, 63), Muy, Ins, Xogg (Billing, 80), Kachunga, Depuatr.
Ogohlantirishlar: Sabiri (6), Kork (7), Arfild (24), van La Parra (71).

Everton – Bornmut 2:1 (0:0)

Gollar: Nyasse (77, 82) – King (49).
Everton: Pikford, Xolgeyt, Beyns, Martina (Kenni, 76), Uilyams, Guyye, Shnayderlin, Klassen (Devis, 55), Sigurdsson, Runi (Nyasse, 55), Kelvert-Lyuin.
Bornmut: Begovich, Frensis, Deniels, Smit, Ake (Musse, 83), Gosling, Serman, Stanislas, Ayb, King (Kuk, 79), Defo (Afobe, 75).
Ogohlantirishlar: Shnayderlin (15), Devis (56), Nyasse (80).

Mavzuga oid
Top