Jahon | 12:55 / 23.09.2017
9619
2 daqiqa o‘qiladi

BMT qashshoq davlatlar uchun yangi bank tashkil etilganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi o‘rinbosari Amina Muhammadning xabar berishicha, qashshoq davlatlarga texnologik yordam ko‘rsatadigan mexanizm tashkil etildi. «Bugun sizlar bilan 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibining birinchi maqsadi – 17.8 bandi bajarilganini ta'kidlab o‘tmoqchiman», - deya ma'lum qildi u kam rivojlangan davlatlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi guruh uchrashuvida. 

Yuqoridagi bandda «kam rivojlangan davlatlar uchun Texnologiyalar banki keng ko‘lamli faoliyat ko‘rsatish rejimiga» chiqishi haqida so‘z yuritiladi. U qashshoq davlatlarga texnologiyalar, innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqot bazasidan foydalanishni osonlashtirishga yo‘naltirilgan.

«Endilikda, bizning umumiy vazifamiz shundan iboratki, uni kam rivojlangan davlatlar ilmiy, texnologik va innovatsion salohiyatini mustahkamlash uchun samarali mexanizmga aylantirish lozim. Men BMTga a'zo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlarni, jumladan, xususiy biznes va fondlarni bankni faol ravishda moliyalashtirishga chaqiraman», - deya ta'kidlab o‘tdi BMT bosh kotibi o‘rinbosari.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, «Kam rivojlangan mamlakatlar uchun texnologiyalar banki» Turkiyada joylashadi.

Mavzuga oid