Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qildi
Foto: Reuters
Eronda yangi "Xurramshahr" ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Raketaning uchirilishi videosi Eronning PressTV telekanali saytida joylashtirilgan.
22 sentabrda raketa Tehrondagi harbiy paradda ilk bor namoyish qilingandi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi brigada generali Amir-Ali Hojizoda ma'lum qilganidek, raketaning uchish uzoqligi 2 ming km tashkil qiladi. U, shuningdek, bir nechta jangovar kallakni tashishga qodir. Hojizodaning aytishicha, raketa yaqin kelajakda qurollanishga olinadi.
Tehronda o‘tgan paradni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham kuzatgan. Uning aytishicha, Eron o‘z harbiy salohiyatini kelgusida ham oshirib boradi va boshqa davlatlar bunga xalaqit qila olmaydilar. Ruhoniyning ta'kidlashicha, Eron o‘zining mudofaa salohiyatini hech qachon hujum qilish uchun qo‘llamagan. U, shuningdek, Eron 2015 yilda yadro dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvga sodiqligini aytgan.
Harbiy parad 1980-1988-yillardagi Eron-Iroq urushi xotirasiga muqaddas mudofaa haftaligi boshlangani sharafiga o‘tdi. Bu tadbir Eronda har yili o‘tkaziladi. Yangi raketa esa bu urushdagi ilk janglardan biri borgan chegaradagi Xurramshahr shahri sharafiga shunday ataldi.
Mavzuga oid
22:50 / 10.01.2026
Eron so‘nggi shohining o‘g‘li xalqni shaharlarni egallab olishga chaqirdi
21:16 / 10.01.2026
Erondagi namoyishlar: xaritalar ustida sharh
09:10 / 10.01.2026
Eronda namoyishlar: hal qiluvchi soatlarda internet deyarli to‘liq o‘chirildi
09:04 / 10.01.2026