Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi eng yirik “arzon” aviakompaniya 2000 reysni bekor qildi
Ryanair kompaniyasi olti hafta – sentabr o‘rtalaridan 2017 yilning oktabr oyi oxiriga qadar 2100 reysni bekor qildi va bekor qilishni rejalashtirmoqda – har kuni 50 tadan. Bu aviakompaniya uchuvchilarining ta'tilga chiqishini rejalashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar bilan bog‘liq.
Ma'lum bo‘lishicha, uchuvchilarning aksariyati bir vaqtda ta'tilga chiqib ketgan. Kompaniya uchuvchilar mehnati va dam olishi rejimiga amal qilishga majbur bo‘ldi – buning uchun reyslar soni kamaytirildi. Ryanair ijrochi direktori Maykl OʼLiri “tartibsizlik” uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. “Biz uchuvchilarning ta'tilga chiqish sanalarini adashtirib yubordik hamda endi o‘z xatolarimiz tuzatmoqdamiz”, - dedi aviakompaniya rahbari.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, bekor qilingan reyslar Ryanair barcha parvozlarining 2 foiziga teng va ular qolgan 98 foiz reyslar jadvaliga o‘ziga xos yordam beradi.
Irish Independent nashrining taxminicha, aslida gap Ryanair’dan uchuvchilarning ommaviy ketishida: kompaniyani 140 uchuvchi tark etdi, ular raqobatchi bo‘lgan Norwegian Air’ga ishga o‘tgan. Ryanair bu ma'lumotga izoh bermadi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya uchuvchilarga ta'tillar vaqtini o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan, biroq bu rad etildi. Yevropa komissiyasi esa Irlandiya aviakompaniyasi harakatlari iste'molchilar huquqining buzilishi bo‘lganini iddao qilgan. Reyslarning bekor qilinishi tufayli hammasi bo‘lib 315 kishi jabr ko‘rdi.
Mavzuga oid
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
20:36 / 30.12.2025