Facebook ijtimoiy tarmoğida “Chilonzor” nomli guruh oçildi. Chilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatovning guruhdagi murojaatida aytilişiça, bunday guruhning taşkil etilişi aholining umumiy manfaatlariga xizmat qiladi va tumanda istiqomat qiluvçi har bir fuqaroning manfaati uçun işlaşga imkon beradi.
“Sizlarning barçangiz boşidan körsatgan xayrixohlik, yaratilgan guruh amalda davlat rahbariyati tomonidan aholi bilan muloqot va inson manfaatlarini ta'minlaşga asoslangan davlat organlari işiga yangi yondoşuv samaradorligini tasdiqlaydi. Axborotning oçiqligi - muvaffaqiyatli jamiyatni rivojlantirişning muhim omillaridan biridir”, - deyiladi hokim murojaatida.
Qayd etilişiça, hokimiyat bu guruhda olib borilayotgan işlarni yoritib, har hafta fuqarolarni qiynayotgan masalalar böyiça ma'lumot berib boradi.
“Yöl infratuzilmasi, bolalar maydonçalari, UJMŞning işi, kökalamzorlaştiriş, çiqindilarni olib çiqiş va boşqa köplab masalalar - biz ular bilan har kuni şuğullanmoqdamiz va kelgusi 2 yil uçun bizda aniq harakatlar rejasi bor - barçangiz ilk natijalarni körişingiz mumkin va sizni işontirib aytişim mumkinki, rejali iş doimiy tarzda olib boriladi”, - deyiladi D.Hidoyatovning murojaatida.
“Natija özimizga boğliq - biz hammamiz toza, qulay va obod tumanda yaşaşni istaymiz va buning uçun birgalikda harakat qiliş talab etiladi”, - deyiladi murojaatda.













