00:19 / 23.09.2017
8569

Istanbul hokimi iste'foga ketishini e'lon qildi

Foto:RIA Novosti / Maksim Blinov

Istanbul hokimi Qodir Topbash 22 sentabrda iste'foga ketishini ma'lum qildi. Uning bu bayonot bilan chiqishini Haber Turk telekanali namoyish qilgan.

"Men shaharni qarzga botirmay ketmoqdaman. Men bilan ishlagan barchaga minnatdorlik bildiraman. Men barcha xodimlarimiz bilan bu shaharga xizmat qilishga harakat qilganman", deb aytdi u.  

Hürriyet merning iste'foga ketishini munitsipal ma'muriyat atrofidagi yer mojarosi bilan bog‘lamoqda. Topbashning o‘zi esa bu mojaro sababli ranjimagani va tanqidni ijobiy qabul qilishini, biroq o‘ziga nisbatan qilingan "hurmatsizlikni unutmasligini aytgan". "Biz xatolar qilmaslikka harakat qildik. Biroq xatolar va sotqinlikni farqlash kerak. Sotqinlar hech qachon kechirilmaydilar" deb ta'kidlab o‘tgan mer.

Bundan tashqari, iyunda Istanbul sudi Topbashning kuyovini hibsga olish haqida order bergandi. U va Turkiya tadbirorlar va sanoatchilar konfederatsiyasidan 80 kishi FeTOning moliyalashtirilishida gumon qilinganlar. Keyinroq advokatlar Topbash kuyovining ozodlikka chiqishiga erishganlar.

Cumhuriyet nashrining ma'lum qilishicha, Istanbulning yangi meri "Istanbul Bashakshexir" futbol klubi prezidenti Geksel Gyumyushdag bo‘ladi.

Topbash Istanbul meri lavozimini 2004 yildan beri egallab kelgandi. Ta'kidlash joizki, 1994 yildan 1998 yilgacha bu lavozimni amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an egallagan.

Top