18:28 / 23.09.2017
5795

La-liga. «Atletiko» «Sevilya»ni yengib 2-o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chempionatining 6-turida «Atletiko» yangi stadionida «Sevilya»ni qabul qildi.

Mezbonlarning ikki hujumchisi Yannik Ferreyra-Karrasko va Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan ikki gol madridliklarga muhim uch ochkoni keltirdi. Natijada ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan «matraschilar» «Sevilya»ning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi.

«Atletiko» (14 ochko) ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida «Sevilya»ni (13 ochko)  ortda qoldirib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La-ligasi, 6-tur

Atletiko - Sevilya 2:0 (0:0)
Gollar: 
Ferreyra Karrasko (46), Grizmann (69).

Mavzuga oid
Top