16:29 / 23.09.2017
27449

London derbisi, mutlaq rekord arafasidagi o‘yin va APLning boshqa uchrashuvlari haqida

Angliya premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bugun start oladi. Tribuna.Uz eng ommabop chempionat o‘yinlariga batafsil to‘xtaldi.

Vest Hem - Tottenhem
23 sentabr, 16:30. Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1.

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Vest Hem Yunayted» «Tottenhem» ustidan APL doirasidagi 14 uchrashuvda g‘alaba qozongan. Bu bir raqibga qarshi jamoaning eng yaxshi ko‘rsatkichi sanaladi.
«Shporlar» premer-liga tarixida birinchi marta mavsumni ketma-ket uchta mehmondagi g‘alaba bilan boshlashi mumkin.
Harri Keyn «Vest Hem»ga qarshi so‘nggi besh o‘yinda beshta gol urgan. Umuman olganda u London derbilarida 28 o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol kiritgan.

Yo‘qotishlar
«Vest Hem» tarkibida Pedro Obiang va Jyeyms Kollinz jarohati sabab maydonga tusha olmaydi, Mark Nobl va Manuel Lansini mashg‘ulotlarga qaytgan, biroq o‘yinda ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.
«Tottenhem»da esa Viktor Vanyama, Erik Lamela va Denni Rouz hamon safga qayta olishmayapti.

Manchester Siti - Kristal Pelas
23 sentabr, 19:00. Translyatsiya: Match! Futbol 1 (Yozib olingan holda)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Manchester Siti» «Kristal Pelas»ga qarshi so‘nggi 10 o‘yinning 9tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek so‘nggi to‘rtta uchrashuvda ham faqat g‘alaba qozongan.
«Pelas» APLda «Portsmut»ga tegishli antirekord — APLning dastlabki 6 uchrashuvini mag‘lubiyat bilan tugatgan jamoaga aylanmaslik uchun harakat qiladi.
Serxio Aguero Premer-liganing so‘nggi 17 uchrashuvda 14 gol va 5 golli uzatma amalga oshirgan.
APL tarixida 10 yoki undan ko‘p gol kiritgan futbolchilar ichida «Manchester Siti» hujum tandemi Gabriel Jyezus (89 daqiqa) va Serxio Aguero (108 daqiqa) o‘rtacha daqiqada gol urish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etib turibdi.

Yo‘qotishlar
«Manchester Siti» sardori Vinsan Kompani safga qaytgan, ammo Ilkay Gundo‘g‘an mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan bo‘lsad, o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
«Kristal Pelas» yangi jarohat olganlar yo‘q. Mamadu Saxo, Vilfrid Zaa va Konnor Uikhem hamon safga qaytgani yo‘q.

Sauthempton - Manchester Yunayted
23 sentabr, 19:00. Translyatsiya: UzReport, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar

«Manchester Yunayted» Premer-liga uchrashuvlarida 80-daqiqa yoki undan keyin gol kiritish (9ta) bo‘yicha qolgan 19 klubning umumiy natijasidan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega.
«Sauthempton» Premer-liga doirasida «Manchester Yunayted»ga 24ta uchrashuvda yutqazgan (7 g‘alaba, 5 durang) bu APLda jamoaning bitta jamoadan eng ko‘p mag‘lubiyatga uchrashi sanaladi. «Sauthempton» boshqa biror jamoaga bunchalik ko‘p yutqazmagan.
«Yunayted» tarkibida joriy mavsumning ortda qolgan 5 turida sakkiz nafar futbolchi gol urgan. Bu istalgan jamoa natijasidan yaxshiroq va klubning o‘tgan yilgi natijasidan ikki baravarga yaxshiroq.
Romelu Lukaku yana bitta gol ursa, «Yunayted» tarkibida APLda dastlabki olti uchrashuvda oltita gol kiritgan Lui Saa rekordini takrorlashi mumkin bo‘ladi.

Yo‘qotishlar
«Sauthempton» tarkibida Mett Targett maydonga tusha olmaydi, Virjil van Deyk esa mavsumni ilk marta asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘ladi.
«Manchester Yunayted» esa Pol Pogba, Markos Roxo va Zlatan Ibrahimovich xizmatidan foydalana olmaydi.

Stok Siti - Chelsi
23 sentabr, 19:00. Translyatsiya: Match! Igra

O‘yinoldi qiziarli faktlar
«Chelsi» mehmonda o‘tkazgan so‘nggi 8 o‘yinning yettitasida g‘alaba qozongan, shularning oltitasida kamida ikkita yoki undan ko‘proq gol kiritib zafar quchgan.
«Chelsi» yana bir ochkodan ko‘proq ochkoga ega bo‘lsa, APLda jami 1800 ochko olgan uchinchi jamoaga aylanadi. Bungacha faqat «Arsenal» (1829 ochko) va «Manchester Yunayted» (2034) undan ko‘proq ochko to‘plashga ulgurgan.
Sesk Fabregas «Stok»ka qarshi uchrashuvlarda jami yettita golli uzatma amalga oshirgan, faqatgina «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda (11) u bundan ko‘proq natijaga erishgan.
Cherdan Shaqiri va Erik Maksim Shupo-Moting birgalikda jami 9ta golni yuzaga keltirishgan. Faqatgina birgina (Keyn va Eriksen) juftlikda bu natija bitta golga ko‘proq.

Yo‘qotishlar
«Stok Siti» tarkibida himoyachilar Kevin Vimmer, Kurt Zuma maydonga tusha olmaydi. Rayan Shoukross va Jyeff Kemeronning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.
«Chelsi» tarkibida Denni Drinkuoter jarohati sabab debyut qila olmaydi. David Luiz diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Eden Azar mavsumda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Lester - Liverpul
23 sentabr, 21:30. Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Liverpul» premer-liga doirasidagi «Lester»ga qarshi so‘nggi 10 uchrashuvning ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan, ammo ikkala mag‘lubiyat jamoalarning so‘nggi 3 o‘yinida sodir bo‘lgan.
«Lester» o‘z tarixida birinchi marta «Liverpul»ni ketma-ket uchta uy uchrashuvida mag‘lubiyatga uchratishi mumkin.
Agar «Liverpul» bu uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrasa, «Lester»Yurgen Kloppni uch marta mag‘lubiyatga uchratgan birinchi APL jamoasi bo‘ladi
Jyeymi Vardi «Liverpul»ga qarshi APL doirasidagi so‘nggi uch uchrashuvda 5ta gol kiritgan, shularning ikkitasi «Lester» uyidagi uchrashuvda qayd etilgan.

Yo‘qotishlar
«Lester» tarkibida Metti Jyeyms maydonga tusha olmaydi, Kristian Fuks esa safga qaytgan. Jyeymi Vardi esa fitness-testdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Robert Hut esa hamon jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
«Liverpul» tarkibida esa Deyan Lovren va Joel Matipning ahvoli fitness testlardan so‘ng aniq bo‘ladi. Emre Janda ham kichik muammo bor. Adam Lallana, Nataniel Klayn va Sadio Mane (diskvalifikatsiya) bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Arsenal - Vest Bromvich
25 sentabr, 23:59. Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Arsenal» «Emireyts»da kechgan so‘nggi olti uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan. «Vest Bromvich»ga o‘z uyida bir mart a imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
«Vest Bromvich» 1977 yildan buyon ilk marta «Arsenal» ustidan ketma-ket ikki uchrashuvda g‘alaba qozonishi mumkin.
Agar Aleksandr Lyakazett bu uchrashuvda gol ursa, «Arsenal» tarkibida o‘z uyidagi dastlabki uchta uchrashuvning barchasida gol urgan ilk futbolchiga aylanishi mumkin.
Garet Berri uchun navbatdagi uchrashuv Rayan Giggzning APLdagi uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha rekordini (hozircha 632 uchrashuv) ortda qoldirib ketishi uchun yetarli bo‘ladi.

Yo‘qotishlar

«Arsenal» trarkibida Teo Uolkott va Mezut O‘zil fitness testdan so‘ng bu uchrashuvda ishtirok etishi aniq bo‘ladi. Frensis Koklen va Santi Kasorla hamon jamoa lazaretida qolmoqda.
«Vest Bromvich»da hozircha bu kabi muammolar yo‘q.

Boshqa uchrashuvlar

23 sentabr, 19:00 Byornli - Haddersfild
23 sentabr, 19:00 Everton - Bornmut
23 sentabr, 19:00 Suonsi - Uotford
24 sentabr, 20:00 Brayton - Nyukasl

Top