Nukusda uy egalariga 2 yildan beri kadastr hujjati berilmagan, do‘konlar esa auksionga qo‘yilish arafasida

Foto: Kruz.uz
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston ko‘chasidagi ko‘p qavatli 32-uyda juda ham ko‘p kamchiliklar uchramoqda, deb yozadi Kruz.uz.
Qayd etilishicha, 2015 yili foydalanishga topshirilgan ushbu ko‘p qavatli uyning ayrim ishlari chala qolib ketgan.
Bundan tashqari, uy egalarining qo‘lida 2 yildan beri uyning hech qanday hujjatlari yo‘q. Uyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilmagan.

“Uyda istiqomat qiluvchilar nima sababdan uy hujjatlarini bermaysiz, deb ushbu ko‘p qavatli uyni qurgan MChJ rahbarlariga qayta-qayta murojaat qilishsa ham, rahbarlar bir-birlarini bahona qilib, MChJning lavozimli shaxslariga qarata qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi borligini bahona qilib, uy egalarini aldab kelishmoqda”, - deya yozadi nashr.
“Nukus temir beton qurilish” MChJ rahbarlari bo‘lgan Bazarbay Adilbekov va Baurjan Boranbayevlar bir-birini ayblab, ushbu 32-uyga ajratilgan mablag‘larni, ya'ni ko‘p summadagi pullarni o‘z manfaatlari yo‘lida sarflab yuborishganidan xabardor bo‘ldik”, - degan uyda yashovchi aholi va do‘kon egalaridan biri.

“Bizlar ushbu MChJ bilan ikki tomonlama shartnoma tuzib tegishli pullarni shu kunga qadar to‘lab keldik. Biroq yaqinda “Majburiy ijro byurosi” xodimlari kelib, ogohlantirmasdan bizlarning birinchi qavatdagi do‘konlarimizni tortib olib, sud qaroriga muvofiq xatlandi, deb eshiklarimizni qog‘oz bilan pechatlab yopib ketdi, - deydi uyning 1-qavatidan do‘kon sotib olgan tadbirkor. - Bundan so‘ng 2-3-4 qavatda yashayotgan oilalarning uylarini ham xatlaymiz, deb aytishdi. Sababi shu ko‘p qavatli uyni qurgan jamiyatning qarzi ko‘p ekan, deb bizlarni ogohlantirdi. Bu jamiyat rahbarlari xodimlari qanday qilib xalqni o‘ylamay, o‘z manfaatlari yo‘lida shuncha pulni yo‘q qilishgan?”

Nashr muxbirlari 32-uyni ko‘zdan kechirar ekanlar, pod'yezdlar ishlanmaganligi, yerto‘lalar ochiq holda qoldirilgani, kvartiralardagi xonalarga ishlov berilmaganining guvohi bo‘lishgan.
Ta'kidlanishicha, uyning oldida bolalar maydonchasi yo‘q.Chiqindi tashlaydigan yashiklar eshik oldida tartibsiz holda turibdi. Hattoki ikki pod'yezdda hech qanday ishlar amalga oshirilmagan. Faqatgina bino qad rostlagan.

32-uyda istiqomat qilayotgan oilalar va 1-qavatdagi do‘kon egalari 3 ta masala bo‘yicha murojaat yo‘llashgan.
1. Mazkur 32-uydagi do‘kon va kvartiralarni barcha kadastr va boshqa hujjatlarini tez kunda ishlab berish;
2. Majburiy ijro byuro tomonidan xatlangan do‘konlarni xatlovdan chikarish;
3. Ko‘p qavatli uyning tashqi tomonida chala qoldirilgan ishlarni to‘liq ishlash hamda bolalar maydonchasini qurib berish;

“Do‘kon egalarini tashvishlantirayotgan narsa shuki, agar “Nukus temir beton qurilish” MChJning “Milliy bank”dan va boshka tashkilotlardan jami 3,2 mlrd so‘m qarzi to‘lanmasa, ularning do‘konlari auksionga qo‘yilar ekan. Shuning uchun do‘kon egalari ushbu masalani tezroq hal qilish bo‘yicha murojaat etishdi. Do‘kon sotib olgan tadbirkorlarning aybi nima? Ular o‘zlarining ishlab topgan pullariga sotib olgan do‘konlaridan, boshqa birovning aybi bilan ayrilib qolaverishadimi?”, - deya yozadi nashr.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

19:40 / 14.03.2025