Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar uyqusizlikning asosiy foydasini aniqlashdi
Illyustrativ foto
Amerikalik psixologlarning aniqlashicha, uyquning yo‘qolishi tushkunlik bilan kurashda yordam beradi. Maqola The Journal of Clinical Psychiatry nashrida e'lon qilindi.
Olimlar 66 ta mustaqil tadqiqotni statistik tahlildan o‘tkazishib, uning davomida uyqusizlikning tushkunlikka ta'siri o‘rganildi. Tegishli ilmiy izlanishlar PubMed va PsycINFO ma'lumotlar bazasida “uyquning yo‘qolishi” va “tushkunlik” muhim so‘zlari yordamida qidirildi. Tadqiqot, agarda mualliflar uyquning yo‘qolishini tushkunlik holatining ehtimoliy terapiyasi sifatida amaliyotda qo‘llashgan bo‘lsa, tahlil to‘plamiga kiritildi.
Ma'lum bo‘lishicha, uyquning butunlay yoki qisman buzilishi tushkunlik holati asoratlarini yengillashtirgan, bu, psixologlarning fikricha, shunday “terapiya” samarali ekanini tasdiqlaydi.
Avvalroq amerikalik tibbiyotchilar tizimli ravishda uyquga to‘ymaslik qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarda insult tufayli hayotdan ko‘z yumish ehtimolini oshirishini aniqlashgandi. Mutaxassislar bunday bemorlarga bir sutkada kamida olti soat uxlashni tavsiya qilishgan.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
23:21 / 01.02.2026
Shifokor tezroq uyquga ketishning oddiy usullarini aytdi
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026