Toshkentda 177 ming dollarni egallab olgan talonchilar ushlandi
2017 yilning 21 sentabr kuni taxminan soat 21:30 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxslar, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan mas'uliyati cheklangan jamiyat binosi ichkarisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, shu yerdagi seyf ichidan fuqaro T.U.Z.ga tegishli bo‘lgan 177.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni egallab olishgan. Shundan so‘ng, mazkur jamiyat ishchisining hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 4-qismi “a” bandi (talonchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda ko‘p miqdorda, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni S.X.S., S.M.T. va N.N.M. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
16:00 / 30.11.2024
Yakkasaroy tumanida «Isuzu» va Cobalt to‘qnashdi
08:50 / 15.11.2024
Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonchilik qilganini tan oldi
07:30 / 25.09.2024
Toshkentda Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohat oldi
11:44 / 08.09.2024