Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda daydi hayvonlarni tutish maqsadida kechayu-kunduz reydlar o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimining 22 sentabrdagi “Toshkent shahrida epizootik va epidemik barqarorlikni ta'minlash borasida kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 1293-sonli qaror mazmun-mohiyatini aholiga, keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida joriy yilning 23 sentabr kuni shahar hokimligida brifing tashkil etildi.
Unda poytaxtda daydi va uy hayvonlaridan jabrlanganlar soni yildan-yilga oshib ketishi kuzatilayotgani, joriy yilning 9 oyi moboynida daydi va uy hayvonlaridan 3527 nafar fuqaro aziyat chekib, 1633 nafari aynan daydi itlardan jabrlangani aytib o‘tildi. Bu kabi salbiy holatga barham berilmasa, aholi o‘rtasida quturish kasalligini keskin ko‘payib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Toshkent shahri va tuman obodonlashtirish boshqarmalarida tashkil etilgan qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari ish faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida hamda Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining murojaatini inobatga olgan holda ushbu Qarorni poytaxt aholisi va keng jamoatchilikka yetkazish ta'kidlab o‘tildi.
Tadbirda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli markaziy avariya dispetcherlik xizmatining “Daydi hayvonlarni tutish otryadi” ishini samaradarligini oshirish maqsadida, uning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. “Daydi hayvonlarni tutish otryadi” yetarli darajada texnika va kerakli anjomlar bilan ta'minlanib, yoqilg‘i-moy mahsulotlari uzluksiz ajratilib turilishi, “Daydi hayvonlarni tutish otryadi” tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish maqsadida kechayu-kunduz reydlar o‘tkazib borish tavsiya etildi. Shuningdek, ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etish va alohida vaqtincha saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarda saqlash ta'kidlandi.
Jumladan, aholi punktlarida it va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya qilish yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozimligi hamda ushbu qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil qilinishi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, davlat veterinariya bo‘limlarining taqdimnomasi bo‘yicha qarovsiz va egasiz qolgan kasal hayvonlarni quturish joylarida, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda otib tashlashni tashkil etish hamda bu xavfning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar e'tiborga olindi.
Qarorda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli veterinariya bo‘limlariga itlarni o‘z vaqtida vaksinatsiya qilish uchun ularni saqlaydigan fuqarolar to‘g‘risida ma'lumot berilishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilishi nazarda tutilgan. Mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan aniqlangan it va mushuklarni emlash ishlari tashkil etilib, quturish kasalligiga qarshi vaksina zahiralari yaratiladi.
Shuningdek, aholiga hayvonlar tomonidan boshqa jarohatlar yetkazilganda darhol sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish to‘g‘risida doimiy tushuntirish ishlari olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Chexiya prezidenti bilan munosabatlarni uzdi
Jahon | 20:35
-
Buxoro viloyatidagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 20:05
-
NBC: Tramp 13 avgust kuni Yevropa yetakchilari va Zelenskiy bilan muloqot qiladi
Jahon | 19:24
-
Roison – bolaligingizdagi brend zamonaviy qiyofada qaytdi
Jamiyat | 19:15
Mavzuga oid

18:05
Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda

14:06
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi

12:28
Toshkent viloyatida yangi aeroport uchun joy qidirilmoqda

07:12