21:32 / 23.09.2017
19651

U bo‘lmasa bu. «Real»ning yangi yulduzi jamoaga g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarning biri «Alaves» maydonida bo‘lib o‘tdi va unda mahalliy klub amaldagi chempion «Real»ni qabul qildi.

Uchrashuvda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Real»ning ikkala goliga ham yozda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati qahramoni, madridliklarning yangi futbolchisi Dani Sebalos mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real» ochkolari soni 11taga yetdi va jamoa vaqtinchalikka bo‘lsada, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La-ligasi, 6-tur

Alaves – Real Madrid 1:2 (1:2)

Gollar: Manu Garsiya (40) – Sebalos (10, 43). 
Alaves: Pacheko, Vigaray (Ruano, 46), Eli, Maripan, Duarte, Manu Garsiya, Burgi (Pedrasa, 66), Medran, Torres, Ibai Gomes (Sobrino, 81), Munir.
Real Madrid: Navas, Varan, Karvaxal, Nacho, Ramos, Kazemiro, Isko, Vaskes, Sebalos (Lorente, 72), Asensio, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Vigaray (14), Karvaxal (32), Eli (45), Medran (61), Manu Garsiya (67).

Mavzuga oid
Top