08:15 / 24.09.2017
29684

AQSh elchisi Rossiyani tark etmoqda

AQShning Rossiyadagi elchixonasi. Foto: RBC

Oktyabrda vakolati muddati tugaydigan AQShning Rossiyadagi amaldagi elchisi Jon Tefft Rossiyani yaqin kunlarda tark etishini ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, u rafiqasi bilan Rossiyani bir haftadan keyin tark etadi.

"Taxminan bir haftadan keyin Rossiyani tark etamiz", deb aytdi u YouTube va elchixonaning Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan intervyuda.

Diplomatning aytishicha, uning Rossiya haqidagi iliq xotiralari uning bu yerdagi ko‘plab tanishuvlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning ta'kidlashicha, Rossiyada ishlash yengil bo‘lmagan, biroq "ko‘plab ajoyib taassurotlar va do‘stlar" in'om etdi.

Jon Tefft. Foto: Interfax

Tefftning ta'kidlashicha, AQSh elchixonasi rossiyaliklardan ko‘plab savollar oldi va ularning ko‘plariga javob berishga harakat qildi. "Biz buni nima uchun AQSh hukumatida u yoki bu pozitsiya mavjudligi va u nimadan iboratligini, biz Rossiya hukumati bilan qaysi sohalarda hamkorlik qilishimiz, qayerda fikrlarda tarqoqlik borligini tushuntirish uchun qilamiz. Biz buni davlatlarimiz fuqarolari orasida ko‘priklar qurish uchun ham qilamiz", deb aytgan elchi.

Iyulda Oq uy OAVning AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Rossiyadagi elchisi lavozimiga Yuta shtatining sobiq gubernatori Jon Xantsman nomzodini ilgari surgani haqidagi axborotni tasdiqlagandi.

Mavzuga oid
Top