09:00 / 24.09.2017
8589

"Mariya" dovuli eng yirik teleskoplardan biriga shikast yetkazdi

Foto: Aresibo

"Mariya" dovuli Puerto-Rikodagi "Aresibo" radioteleskopining 29 metrlik radar antennasini o‘rtasidan cho‘rt sindirib yubordi. Buning oqibatida antenna bo‘laklari teleskopning bosh va qo‘shimcha oynasiga shikast yetkazgan. 

Teleskop dovul yaqinlashayotgani sababli 19 sentabrda o‘chirib qo‘yilgan. Kuzatuvlarni 21 sentabrgacha to‘xtatib turish, 27 sentabrgacha esa teleskopni tashriflar uchun yopish rejalashtirilgandi.  

21 sentabrda observatoriya xodimlari dovul yetkazgan ziyonni baholay boshlashgan. Teleskop ishini agar u kam shikastlangan bo‘lsa, 29 sentabrgacha boshlash rejalashtirilgandi. Biroq endi uning qachon ishga tushishi muddatlari haqida hech narsa ma'lum emas. 

Ushbu 300 metrlik radioteleskop Xitoyda ulkan o‘lchamdagi FAST antennasi qurilishidan oldin dunyodagi eng katta radioteleskop hisoblanar edi. "Aresibo" uzoqda joylashgan samo jismlari va Yer yaqinidagi xavfli asteroidlar ortidan kuzatuv olib borishga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid
Top