Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ular uzoqqa bormaydilar» - Tramp o‘zini jinniga chiqargan shimollik vazirga javob qaytardi
Foto: RIA "Novosti"
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xoning BMT Bosh assambleyasidagi nutqiga izoh berdi va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga «uni yaqinda yo‘q qilish» bilan tahdid qildi. Li Yon Xo nutqi davomida Trampni ruhiy nosog‘lom deb atagandi.
«Hozirgina Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining BMTdagi nutqini tingladim. Agar u kichkina raketa-odamning fikrlarini takrorlashda davom etsa, ular uzoqqa bormaydilar!», deb yozgan Tramp tvitterda
Avvalroq Li Yon Xo AQSh prezidentini o‘ziga bino qo‘ygan «ruhiy kasal» deb atagandi va unga «yadro knopkasi»ga ishonish xavfli ekanini ta'kidlab o‘tgandi. U, shuningdek, Tramp Oq uyni «shovqin-suron bozor»ga aylantirib yuborgani va Shimoliy Koreya yetakchisiga aytgan so‘zlari uchun javob berishini aytgan.
«Tramp balki uning og‘zi nima aytayotganini bilmasligi mumkin, biroq biz unga uning xayoliga sig‘maydigan oqibatlarni ta'minlaymiz», deb aytgan Shimoliy Koreya vaziri.
Mavzuga oid
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026