08:35 / 25.09.2017
5818

APL. Kunning yagona uchrashuvida mezbonlar g‘alaba qozondi

Foto: Google Images

Angliya premer-ligasining 6-turidagi yakshanba kuniga belgilangan yagona uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda «Nyukasl»ni qabul qilgan «Brayton» kichik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlarning yagona goliga uchrashuvning 51-daqiqasida Tomer Hemed mualliflik qildi.

APL, 6-tur

Brayton – Nyukasl 1:0 (0:0)
Gol:
 Hemed (51).
Brayton: Rayan, Daffi, Zuttner, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Gross, Knokert (Myorfi, 81), March, Hemed.
Nyukasl: Elliot, Lassels, Mbemba (Games, 83), Yyedlin, Klark, Ritchi, Merino, Xeyden (Shelvi, 68), Atsu, Peres, Xoselu (Geyl, 71).
Ogohlantirishlar: Knokert (13), Daffi (77), Lassels (90).

Top