Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yopiq inshootlar va jang san'ati bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining 10-musobaqa kuni boshlandi.

Garchi bugun turnir boshlanganidan buyon eng ko‘p — 39 komplekt medallar o‘ynalsa-da, vakillarimiz ishtirokidagi musobaqalarda finallar kam. Shu sababli medallar ro‘yxatida pastlashimiz mumkin.

 

Sportchilarimizning bugungi kun tartibi quyidagilardan iborat:

  • Soat 09:00 dan 12:30 gacha boulingchilarimiz jamoaviy musobaqada ishtirok etishadi.
  • Soat 09:00 dan 12:30 gacha erkaklar va ayollar shaxmat jamoamiz rapid yo‘nalishida dona surishadi. 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar jamoamiz soat 16:00 dan 18:30 gacha musobaqalashishadi.
  • Soat 13:30 dan 18:00 gacha raqs sporti bo‘yicha vals, Vens uslubidagi vals, sekin fokstrot turlarida vakillarimiz yarimfinal, undan o‘ta olishsa finalda ishtirok etishadi.
  • Soat 10:00 da tennischimiz Sanjar Fayziyev hindistonlik Natarajan Vijayga qarshi yarimfinalda kortga chiqadi.
  • Kikboskchilarimiz poynt faytingda Xumoyun Farmonov (69 kg) yarimfinalda, Jahongir Husanov (79 kg) chorakfinalda, lou kikda Javohir Elboyev yarimfinalda davraga chiqishadi.
  • Sambochilarimizdan Rahmatjon Ahmedov (57 kg) — 1/8 finalda Akmaliddin Karimov (Tojikiston),   Nuriddinjon Tilavoldiyev (74 kg) — 1/8 finalda Yusuf Karimiyon (Eron), Istam Qudratov (74 kg) — 1/8 finalda Muhannad Shom (Suriya), Irina Kulakova (64 kg) — chorakfinalda Oyjamol Qurbonova (Turkmaniston), sambo kurashida Ulug‘bek Hakimov (62 kg) — chorakfinalda, Behzod Nurmatov (82 kg) — 1/8 finalda Javlonbek Madaminov (Turkmaniston), Olim Xudoyqulov (+100 kg) — chorakfinalda Tilak Kuzbakov (Qozog‘iston), Lutfulla Saydamatov (57 kg) — 1/8 finalda Purivat Supapitakpong (Tayiland) ga qarshi kurashga kirishadi.
  • Soat 10:00 dan 11:45 gacha suzish musobaqasida final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Artyom Kozlyuk 100 m kompleks suzishda, Aleksey Tarasenko 100 m erkin usulda, Xurshidjon Tursunov 100 m erkin usulda, Daniil Bukin, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk, Xurshidjon Tursunov 4X100 m estefetada suzishadi.
  • Og‘ir atletikachimiz Rustam Jangbayev (+105 kg) soat 15:30 dan boshlab final musobaqasida ishtirok etadi.
  • Soat 11:00 dan boshlab Erkin kurash musobaqasi ham start oladi va Ixtiyor Navro‘zov (70 kg) — chorakfinalda Elomon Dugdurbek uulu (Qirg‘iziston), Umidjon Ismanov (86 kg) — Salim Xo‘jayev (Tojikiston), Davit Modzmanashvili (125 kg) — 1/8 finalda Farhod Annaqulov (Tojikiston), Sevara Eshmuratova (53 kg) — chorakfinalda Mardiatul Anggraini (Indoneziya), Asem Saydametova (58 kg) — chorakfinalda Dao Ti Huong (Vetnam) ga qarshi kurash olib borishadi.