20:19 / 25.09.2017
10127

Ferrari ilk marta dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatidan joy oldi

Foto: motor.ru

Interbrand kompaniyasi dunyoning eng qimmat brendlari yuztaligini tuzdi. 2017 yilda ro‘yxatdan Ferrari ham ilk bor o‘rin oldi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, italyan avtomobil markasining qiymati 4,876 mlrd dollarni tashkil qiladi va bu unga ro‘yxatdan 88-o‘rinni olishga imkon berdi.

Interbrand ma'lumotlariga ko‘ra, eng qimmat avtomobil brendi Toyota bo‘lib, yapon brendi ro‘yxatda 6-o‘rinni egallagan. Uning qiymati 50,291 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga arzonlashgan.

Dunyoning eng qimmat brendi esa mana 5 yildirki Apple bo‘lib kelmoqda. Bu brend 184,154 mlrd dollarga baholangan. Ro‘yxatdan o‘rin olgan 5 ta yetakchi avtomobil brendi – Toyota, Mercedes-Benz, BMW, Honda va Ford’ning umumiy qiymati Apple’nikidan arzonroq bo‘lmoqda.

Quyida ro‘yxatdan o‘rin olgan avtomobil brendlari ro‘yxati berilgan.

2016 yilgi Interbrand ro‘yxatida yangi avtomobil brendi Tesla bo‘lgandi. U o‘tgan yilgi ro‘yxatda oxirgi – 100-o‘rinni egallagandi. 2017 yilda esa bu brend qiymati o‘zgarishsiz qolganiga qaramasdan, 2 pog‘onaga yuqorilagan.

Mavzuga oid
Top