19:30 / 25.09.2017
5093

Qozog‘iston Parlamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

2017 yilning 25 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Qosim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.

Rasmiy tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida parlamentlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Samarqand shahriga tashrif buyurish o‘rin olgan.

Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top