07:57 / 25.09.2017
10032

Merkel partiyasi Germaniya bundestagiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi

Foto: RIA «Novosti»

Germaniyadagi parlament saylovlarida Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi/Xristian-sotsial ittifoqi (XDI/XSI) partiyalari alyansi 33  foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. 
2-o‘rinni Germaniya sotsial-demokratik partiyasi 20,5 foiz ovoz bilan egalladi. 3-o‘rinni egallagan "Germaniya uchun muqobil" partiyasi 12,6 foiz ovoz to‘plab, ilk marotaba bundestagga kirdi. Bu haqda barcha 299 ta saylov okrugi bo‘yicha ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin ma'lum qilingan.

Shuningdek, yana 3 ta partiya bundestagga kirish uchun zarur bo‘lgan 5 foizlik bo‘sag‘adan o‘tib, bundestagdan o‘rin oldi. Bular: Ozod demokratik partiya (10,7 foiz ovoz), "So‘llar" (9,2 foiz) va "Yashillar" (8,9 foiz) partiyalari.

Mavzuga oid
Top