Turkiya Iroq Kurdistonidagi referendum bo‘yicha bayonot berdi
Iroq Kurdistonidagi ovoz berish jarayoni rasmiy Anqara uchun hech qanday qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida shu haqda so‘z boradi.
“Referendum natijasi, xalqaro huquq nuqtai-nazaridan ham, Iroq konstitutsiyasi e'tiboridan ham hech qanday kuchga ega bo‘lmaydi”, - deyiladi bayonotda.
TIVning saytida qayd etilishicha, “referendumni o‘tkazish nafaqat Iroq, balki mintaqada tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi”. Turkiya “yana bir karra o‘z milliy xavfsizligiga har qanday xavf paydo bo‘lsa, imkoniyatidagi barcha choralarni qo‘llashini ta'kidlaydi”.
Iroqning Kurdiston muxtor viloyatida mustaqillik masalasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda. Ovoz berish jarayoni jahon hamjamiyati va Bag‘dod markaziy hukumati referendum muddatini ortga surish yoki imkon bo‘lsa bekor qilishga chaqirganiga qaramay tashkil etildi.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024
Moldova fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi
21:00 / 27.08.2024