BMT Xavfsizlik kengashi 28 sentabr kuni Myanmadagi vaziyatni muhokama qilish uchun majlis o‘tkazadi. U yerda yuz minglab kishilarni qo‘shni Bangladeshga qochishga majubr qilgan zo‘ravonliklar davom etmoqda, deb xabar qilmoqda AFP agentligi diplomatik doiralardagi manbalarga tayangan holda.
Eshituvlarni o‘tkazish tashabbusini 7 davlat ilgari surgan, ular orasida AQSh va Fransiya ham bor. Majlis chog‘ida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish hisobotini taqdim etadi.
13 sentabr kuni BMT XK Myanmadagi vaziyat bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazgan hamda mintaqada zo‘ravonliklarni qoralab, uni to‘xtatishga chaqirgan edi.











