08:02 / 26.09.2017
8447

La-liga. O‘tgan tur qahramonlari bu safar yirik g‘alabaga erishdi

Ispaniya La-ligasining 6-turiga yakun yasab bergan uchrashuvda «Betis» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qildi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar yirik g‘alabani tantana qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida gol kiritilmadi. Ikkinchi bo‘limning boshidanoq «Betis» oldinga tashlandi va birin-ketin gollar kiritdi. «Real» qarshi uchrashuv qahramoni Arnaldo Antonio Sanabriya dublga erishgan bo‘lsa, Fabian Ruis va Serxio Leonning bittadan goli hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Natijada «Betis» Madriddagi tarixiy g‘alabadan so‘ng o‘z uyidagi uchrashuvni 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan tugatdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Betis» hisobidagi ochkolar soni 12taga yetdi va jamoa La-liga turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Levante» esa 9 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olib turibdi.

Ispaniya La-ligasi
6-tur

Betis – Levante 4:0 (0:0)
Gollar: 
Sanabriya (47, 90), Fabian Ruis (55), Leon (65).
Betis: Adan, Barragan (Rafa Navarro, 60), Mandi, Amat, Durmisi, Garsiya, Leon (Matias Nauel, 77), Fabian Ruis, Guardado, Sanches (Telo, 69), Sanabriya.
Levante: Fernandes, Pedro Lopes, Postigo, Rodriges, Tono, Morales, Kampanya (Dukure, 67), Rober, Bardi (Nano, 57), Ivi Lopes (Samu, 57), Alegriya.
Ogohlantirish: Mandi (51).

Mavzuga oid
Top