13:31 / 26.09.2017
33747

«Real» hech qachon uddalay olmagan ish. YeChLning bugungi uchrashuvlari faktlari

Bugun Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi ikkinchi tur o‘yinlariga start beriladi. Tribuna.Uz Yevropaning eng nufuzli musobaqasi bugungi uchrashuvlariga batafsil to‘xtaldi.

E guruhi
«Spartak» - «Liverpul»

26 sentabr, 23:45. Translyatsiya: Futbol TV, Match TV

Faktlar

«Liverpul» Yevropa chempionlar ligasining 2002 yilgi bahslarida «Spartak» uyida mehmon bo‘lib, g‘alaba bilan qaytgan.
«Spartak» 13 o‘yin yoki so‘nggi yetti yildan buyon YeChL musobaqasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmayapti

Yo‘qotishlar
«Spartak» tarkibida Roman Zobnin, Tigiyev, Denis Glushakov, Jano Ananidze jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Kvinsi Promes, Rosha, Ze Luish va Davidovlarning ishtiroki so‘roq ostida
«Liverpul» Adam Lallana va Nataniel Klayn jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Gomes diskvalifikatsiya qilingan.

«Sevilya» - «Maribor»
26 sentabr, 23:45. Match! Arena

Faktlar
Ikki jamoa shu kunga qadar Yevropa chempionlar ligasida ikki marta o‘zaro o‘yin o‘tkazib, ularning birida ispaniyaliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir uchrashuv durang bilan tugagan.

«Maribor» Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi 7 uchrashuvidan 4tasida raqiblari bilan durang o‘ynagan.

Yo‘qotishlar
«Sevilya»da jarohat olganlar yo‘q. Birgina Simon Kerning maydonga tushishi so‘roq ostida.
«Maribor» esa Shuler, Shme va Vrshich xizmatlaridan foydalana olmaydi. Milets va Zaxovich ishtirok eta olmasligi mumkin.

F guruhi

«Manchester Siti» - «Shaxtyor»
26 sentabr, 23:45. Match! Futbol 1

Faktlar
«Manchester Siti» YeChLdagi so‘nggi 9 uchrashuvdan buyon o‘z uyida mag‘lubiyatga uchramayapti (6 g‘alaba, 3 durang) So‘nggi marta jamoa 2015 yilning sentabrida «Yuventus»ga yutqazib qo‘ygandi.
«Shaxtyor» ingliz klublariga qarshi barcha to‘rtta safar uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchragan. Umuman birorta Ukraina jamoasi ingliz klublari uyida g‘alaba qozona olmagan.
Fernandino «Siti» tarkibiga kelib qo‘shilguniga qadar «Shaxtyor» tarkibida oltita sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Yo‘qotishlar
«Manchester Siti» sardori Vensan Kompani, shuningdek, Benjamen Mendi va Ilkay Gundo‘g‘an jarohati sabab o‘yinda ishtirok etmaydi.
«Shaxtyor» tarkibida bunday yo‘qotishlar - Krivtsov va Malishev.

«Napoli» - «Feyyenoord»
26 sentabr, 23:45

Faktlar
Bu ikki jamoaning YeChLdagi dastlabki to‘qnashuvi bo‘ladi.
«Feyyenoord» 15 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta YeChLda mehmonda o‘z uchrashuvini o‘tkazadi.
Ikkala jamoa ham birinchi turni mag‘lubiyat bilan boshlagan.

Yo‘qotishlar
«Napoli» tarkibida Arkadiush Milik uzoq vaqtga safdan chiqdi, Vlad Kirikeshning ishtiroki so‘roq ostida.
«Feyyenoord»da esa Yorgensen, Vermeyer va Bottegin maydonga tushmaydi.

G guruhi

«Monako» - «Portu»
26 sentabr, 23:45. Match! Igra

Faktlar
2004 yilda ikkala jamoa YeChL finalida duch kelishgan. O‘shanda Mourino boshchiligidagi «Portu» 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrini qo‘lga kiritgan.

Bu ikki jamoaning YeChLdagi shu kungacha bo‘lgan yagona to‘qnashuvi sanaladi.
«Portu» YeChLni o‘z uyidagi mag‘lubiyat bilan boshladi «Monako» esa Leyptsigdan ochko bilan qaytdi.
Joau Moutino 2010 yildan 2013 yilga qadar aynan «Portu» safida to‘p surgan va keyinchalik «Monako»ga transfer qilingan.

Yo‘qotishlar
«Monako» darvozaboni Subashich safdan chiqqan, Keyta Baldening holati so‘roq ostida.
«Portu» safida esa Diogu Leyte va Andre Andre maydonga tusha olmaydi.

«Beshiktosh» - «RB Leyptsig»
26 sentabr, 23:45

Faktlar
Ikki jamoa shu kungacha birorta musobaqada o‘zaro duch kelmagan.
«RB Leyptsig» uchun bu o‘z tarixida yevrokuboklarda, mehmonda o‘tkazgan ilk uchrashuvi bo‘ladi.
«Beshiktosh» yevrokuboklarda so‘nggi 9 uchrashuvdan buyon o‘z uyida mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

Yo‘qotishlar
«Beshiktosh» futbolchisi Go‘kxan Geno‘l jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. Adrianoning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.
«RB Leyptsig» tarkibida jarohat olgan va diskvalifikatsiya qilinganlar yo‘q. Faqat Kampl va Nabi Keyta jamoa ushbu o‘yinda yordam bera olmasligi mumkin.

N guruhi

«Borussiya» Dortmund - «Real Madrid»
26 sentabr, 23:45. Match! Futbol 2

Faktlar
«Borussiya» va «Real» Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi olti yilida besh marotaba o‘zaro ro‘baru kelgan.
«Borussiya» hech qachon «Real»ga qarshi o‘z uyida kechgan birorta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan: 3 g‘alaba, 3 durang.
Krishtianu Ronaldu o‘zining yevrokuboklardagi 150-uchrashuvini o‘tkazmoqda.
«Real» Yevropa chempionlar ligasining ketma-ket 16 uchrashuvidan buyon gol urmoqda.

Yo‘qotishlar
«Borussiya» D tarkibida Rafael Gerreyru, Marsel Shmeltser, Marko Rode, Erik Durm, Marko Roys jarohati sabab maydonga tushmaydi.
«Real» tarkibida Karim Benzema, Marselo, Mateo Kovachich va Valexo o‘ynamaydi. Toni Kroos va Teo Ernandes ishtiroki so‘roq ostida.

APOEL - «Tottenhem»
26 sentabr, 23:45. Translyatsiya: Match! Nash Sport

Faktlar
«Shporlar» Yevropa chempionlar ligasida o‘tkazgan sakkizta mehmondagi uchrashuvning faqat  ikkitasida g‘alaba qozona olgan.
APOEL Chempionlar ligasining guruh bosqichida o‘z uyida o‘tkazgan faqat 2 uchrashuvda g‘alaba qozongan (2 durang, 5 mag‘lubiyat)

Yo‘qotishlar
APOEL tarkibida Luannou Bertolo, Efrem, Milanov, Ebelisio maydonga tushadi.
«Tottenhem» tarkibida esa Viktor Vanyama, Deni Rouz, Musa Dembele va Kristian Eriksen jarohati sabab, Dele Alliva Yan Vertongen diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydi.

Top