Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik general Xitoyni AQSh uchun asosiy tahdid deb atadi
Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Jozef Danfordning ma'lum qilishicha, 2025 yilga kelib Xitoy AQSh xavfsizligiga eng katta tahdid soladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar Senatining qurol-yarog‘ bo‘yicha komissiyasi oldida hisobot bilan chiqish qilgan general Danfordning ta'kidlashicha, Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida AQShning ta'sirini sezilarli darajada cheklamoqda va Qo‘shma Shtatlarning asosiy harbiy-texnologik ustunligini yo‘q qilishga intilmoqda.
Biroq, Danfordning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda asosiy tahdid Rossiya va Shimoliy Koreyadir. Rossiya o‘zining yadroviy kuchlarini faol ravishda kuchaytirmoqda va rivojlantirmoqda, shuningdek, yuqori aniqlikdagi qurollarni yaratish ustida ishlamoqda. Shimoliy Koreya ham o‘z yadroviy qurolining sinovlari sabab eng asosiy tahdidlar ro‘yxatidan joy oldi.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026