Jamiyat | 12:00 / 27.09.2017
6084
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida umumiy jinoyatlar sonida pasayish kuzatilmoqda - IIB ma'lumoti

Samarqand viloyatida jinoyatlar sodir etilishining umumiy darajasi bo‘yicha 2017 yilning 25 sentabrigacha bo‘lgan holat o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganida 156taga kamaygan. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qilgan.

Xususan jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar ham 156taga kamaygan. Jumaladan, og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar — 9tadan 7taga, odam o‘ldirish 4tadan 1taga, firibgarlik jinoyatlari 51tadan 29taga, o‘g‘irlik jinoyatlari 66tadan 53taga, xonadon o‘g‘irligi 52tadan 18taga kamaygan. Mulkni talon-taroj qilish, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarda ham kamayish kuzatilmoqda.

Shu bilan birga 2ta bosqinchilik jinoyati qayd etilgan, talonchilik jinoyati 6tadan 9taga, mol o‘g‘irlash 5tadan 11taga oshgan, transport olib qochish holati 2tadan 3taga, yo‘l-transport hodisalari soni kamaygan esa-da, unda o‘lim bilan tugash holatlari 17dan 21ga, jarohat olganlar soni 52dan 56ga oshgan. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar turkumiga kiruvchi jinoyatlar soni 21tadan 24taga, jumladan, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2tadan 6taga ko‘paygan.

O‘z muxbirimiz.

Mavzuga oid