21:50 / 27.09.2017
10712

Ukrainaning Vinnitsa viloyatidagi yong‘inda 800 mln dollarlik o‘q-dori yo‘q bo‘ldi

Foto © REUTERS/Gleb Garanich

Ukrainaning  Vinnitsa viloyatidagi Kalinovka posyolkasi yonidagi o‘q-dorilar omborida chiqqan yong‘in taxminan 800 mln dollarlik o‘q-dorini yo‘q qilgan. Bu haqda Ukraina oliy radasining Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaasi masalalari qo‘mitasi kotibi Ivan Vinnik ma'lum qildi.

“Bugun Kalinovkada 800 mln dollarlik o‘q-dori yonib ketgan. Hech narsa yuz bermadi, u yerda tank snaryadlari bo‘lishi shart emas edi, ularni baribir utillashtirishga to‘g‘ri kelardi deyilsa, agar bunday pozitsiya mavjud bo‘lsa, unda ularni sotib, byudjyetga 800 mln dollar olish kerak edi. Biz aholi evakuatsiyasini samarali ta'minlaganimizni g‘alaba qilish va Ukraina qurolli kuchlar tomondan bu bilan maqtanish ortiqcha ish bo‘lardi”, degan kotib.

Vinnikning aytishicha, mudofaa vazirligi go‘yoki 70 foiz o‘q-dorilar beshikast qolgani haqida ma'lumotlar bergan.  “30 foiz o‘q-dori yo‘q bo‘lgan. O‘q-dorilarning umumiy og‘irligi 60 ming tonnaligi hisobga olinsa, bundan 800 mln dollar kelib chiqqan”, deb aytgan Vinnik.

Omborlardagi yong‘in 26 sentabrda chiqqan. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, u yerda 80 ming tonna o‘q-dori saqlangan. Shahardan va yaqin atrofdagi uylardan 30 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan va bu jarayon hamon davom etmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jarohat olgan. Snaryadlar tegishi oqibatida 4 ta turar joy binosiga shikast yetgan. Favqulodda vaziyat hududidagi barcha yo‘llar, 50 km atrofda parvoz hududi yopilgan.

Mavzuga oid
Top