Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov taşkilotda eski rahbarlar bilan işlagan xodimlar böyiça savolga javob berdi.

— Eski rahbariyat bilan işlagan şunday xodimlar borki, bugungi futbol muxlisining ulardan toqati toq bölgan. Öşa rahbar bölib işlagan mutaxassislar umuman muxlislar, jurnalistlar orasidagi obrösini tökib bölgan. Istasangiz ism-familiyasi bilan aytişim mumkin. Misol ilgari taşkil qilingan Terma jamoalar markazi rahbari bölib işlagan Asqar Tolibjonov, yoki PFL rahbari Farxod Magomedov. Bularga hurmat saqlagan holda aytiş kerak. Ular öziga bildirilgan işonçni umuman oqlay olmadi, vazifasini bajara olmadi. Şu kabi ÖFF va PFL obrösini tökib bölgan mutaxassislar bilan birga işlaşda davom etasizmi yoki qandaydir özgarişlar böladimi?

— Umuman ÖFF va PFLda ham eski ştatlar jadvali qayta körib çiqilmoqda. Yaqinda e'lon beramiz, taşkilotga qöyilgan talablar böyiça işga taklif qilinadi. Kimgadir yoqsa-yoqmasa ham aytişga majburman: ÖFFda işlab kelgan xodimlar 90 foizga yangilanadi, deya gapirib ötdi Ahmadjonov.