13:52 / 28.09.2017
8258

Afg‘onistonda navbatdagi portlash, xavfsizlik xizmati xodimlari halok bo‘ldi

Foto: Algérie24‏

Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida mahalliy politsiya bo‘limiga yaqin yerda avtomobilning portlatilishi oqibatida xavfsizlik kuchlarining kamida 12 xodimi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi. Bu haqda Pajhvok agentligi xabar bergan.

Viloyat huquq-tartibot idoralari vakilining agentlikka ma'lum qilishicha, xudkush-terrorchi hujumi chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan.

Hujum uchun mas'uliyatni «Tolibon» radikal harakati jangarilari o‘z zimmalariga olishdi.

So‘nggi paytlarda Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlarida ekstremistlarning pozitsiyalari sezilarli darajada kuchaydi. Shu bilan birga, «Tolibon»ning qo‘mondonlari va jangarilari tobora IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik bildirishmoqda.

Top