08:58 / 28.09.2017
8552

AQSh fuqarolariga Liviyaga kirish taqiqlandi

Foto: RIA «Novosti»

Liviyaning sharqida faoliyat yurituvchi muvaqqat hukumat AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya haqidagi farmoniga javoban AQSh fuqarolariga Liviyaga kirishni taqiqlab qo‘ydi. 

24 sentabrda Tramp bir qator davlatlar fuqarolariga AQShga kirish cheklanishini ma'lum qilgandi. Venesuela, Shimoliy Koreya va Chad fuqarolariga AQShga kirish 18 oktabrdan cheklanadi. Taqiqlangan davlatlar ro‘yxatida Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali fuqarolari qolganlar. 18 oktabrdan cheklovlar qat'iylashtiriladi. Avvalgi ro‘yxatdan Sudan, Iroq olib tashlangan. 

“Bu juda xavfli eskalatsiya bo‘lib, u jumladan Liviya fuqarolariga qarshi qaratilgan va ularni qurolli kuchlarimiz kurashayotgan terrorchilar bilan bir qatorga qo‘yadi. Bu holat Liviya muvaqqat hukumatini yagona tanlov – aks chora ko‘rish oldiga qo‘yadi”, deyilgan hukumat saytida.

Liviyada ikkihokimlik saqlanib qolmoqda: mamlakat poytaxti Tripoli va sharqida turli hukumatlar harakat qilmoqda.

Top