16:31 / 28.09.2017
135879

Arxiv video: Islom Karimov onalari haqida 

22 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi fondning www.fondkarimov.uz sayti ishga tushdi. Unda Fond haqida, uning faoliyat yo‘nalishlari, yangiliklar, loyiha va dasturlari haqida batafsil ma'lumotlar berib borilishi ma'lum qilingandi. O‘zbekiston Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy asarlar, shaxsiy arxivdan olingan fotosurat va videolavhalar, shuningdek, Islom Abdug‘aniyevichning asarlari, maqola va iqtiboslari saytda keltiriladi. Islom Karimov Fondining Facebook'dagi sahifasida Birinchi Prezidentning onalari Sanobar aya Karimova haqidagi ma'lumotlar va Islom Karimovning onalari haqidagi so‘zlari yozilgan arxiv video taqdim etildi. 

"Islom Karimovning volidalari Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayotlarini ularning tarbiyasiga bag‘ishlaganlar.

Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib yoyishlari ko‘zlari oldidan tez-tez o‘tishini ko‘p takrorlar edilar.

Islom Abdug‘aniyevich bolalik chog‘lari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib o‘tganlar. 

U kishi o‘z onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bo‘lganlarini so‘zlab berardilar. O‘g‘illari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalardan hamisha qiziqib so‘rar ekanlar".

 
Top