01:59 / 28.09.2017
11208

YeChL. «A» guruh. «MYu» va «Bazel» raqiblarini «tor-mor» keltirdi

Foto: Twitter/ManUtd

Yevropa chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi. «A» guruhida bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuvda jami 10ta gol kiritildi.

«MYu» TsSKA mehmoni bo‘lib, Romelu Lukakuning dubli, Marsiyal va Genrix Mxitaryanning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Bazel» esa o‘z uyida birinchi turda ham mag‘lub bo‘lgan «Benfika» darvozasiga javobsiz beshta gol kiritdi.

Ushbu natijalardan keyin «MYu» 6 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda. TsSKA va «Bazel»da uch ochkodan mavjul bo‘lsa, «Benfika» birorta ham ochko to‘play olmagan

Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
«A» guruhi

TsSKA Rossiya – Manchester Yunayted Angliya 1:4 (0:3)
Gollar: Kuchayev (90) – Lukaku (4, 26), Marsiyal (18, penalti), Mxitaryan (57).
TsSKA: Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy, SHCHennikov, Ignashevich, Vernblum, Dzagoyev (Milanov, 72), Golovin, Fernandes, Chalov (Jamaletdinov, 67), Vitino (Kuchayev, 84).
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Bayi, Blind, Lindelyof, Errera, Yang (Darmian, 67), Matich, Mxitaryan (Lingard, 60), Marsyal (Reshford, 72), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Golovin (42), Vernblum (54), Vitino (59).

Bazel Shveytsariya – Benfika Portugaliya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: Lang (2), Oberlen (20, 69), van Volfsvinkel (59, penalti), Riveros (76).
Bazel: Vatslik, Suxi, Akandji, Alvares (Die, 80), Petretta (Riveros, 68), Dzuffi, Djaka, Shteffen, Lang, Oberlen (Elyunussi, 74), van Volfsvinkel.
Benfika: Julio Sezar, Luizao, Grimaldo, Andre Almeyda, Jardel, Feysa, Pitstsi, Jivkovich (Samaris, 74), Servi (Salvio, 46), Jonas (Seferovich, 67), Ximenes.
Ogohlantirishlar: Akandji (45), Petretta (50), Djaka (55), Jivkovich (55), Salvio (59).
Chetlatish: Andre Almeyda (62).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top