15:42 / 28.09.2017
52279

Qayta ta'mirdan chiqqan WYNDHAM TASHKENT “besh yulduzli” mehmonxonaga aylandi

Foto: Wyndham Hotel Group

Toshkent markazida joylashgan WYNDHAM TASHKENT mehmonxonasi 2016 yildan boshlab keng qamrovdagi renovatsiya ishlarini amalga oshirdi va o‘z mavqeini “besh yulduzli” darajasiga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda mehmonxonaning ichki dizayni, xizmat ko‘rsatish sifati qaytadan yangilandi. Bugun sizlar bilan qayta ta'mirdan chiqqan va besh yulduzli mehmonxonaga aylangan WYNDHAM TASHKENT’ga sayohat qilamiz.

WYNDHAM TASHKENT mamlakatimizda o‘z faoliyatini 2015 yilda boshladi. Bugungi kunda otel xodimlari dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha yuqori darajada xizmat ko‘rsatib kelmoqda va O‘zbekistonning mehmonxona sanoati rivojiga katta hissa qo‘shmoqda.

Foto: Wyndham Hotel Group
Foto: Wyndham Hotel Group
Foto: Wyndham Hotel Group

Wyndham Hotel Group – dunyoning eng yirik mehmonxona tarmog‘i bo‘lib, 66 mamlakatda 8 200 mehmonxonaga ega. Kompaniya o‘n beshdan ortiq brendlar ostida faoliyat yuritadi.

“Besh yulduz” darajasi qanday beriladi?

Mehmonxonalarning “yulduzli” toifalarga bo‘linishi mijozlarning o‘ziga mos mehmonxonani tanlashiga yordam beradi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizdagi mehmonxonalarni sertifikatsiyalash va tasniflash bo‘yicha mas'ul etib tayinlandi. Endilikda qo‘mita mehmonxonalarning tashqi va ichki ko‘rinishi, jihozlanishi, xizmat ko‘rsatish darajasi va boshqa mezonlarga ko‘ra baholab boradi.

Foto: Wyndham Hotel Group
Foto: Wyndham Hotel Group

WYNDHAM TASHKENT esa Turizm qo‘mitasining mazkur tekshiruvidan birinchilardan bo‘lib muvaffaqiyatli o‘tdi va “besh yulduz” maqomiga ega bo‘ldi. 

Mehmonlarga yangi qulayliklar!

Mehmonxona qayta ta'mirlanganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham bir necha sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Mehmonxona o‘z mijozlariga yanada ishonchli hamkorlikni taklif qilgan holda Wyndham Rewards dasturini joriy qildi. Unga ko‘ra, mehmonlar har bir sarflangan dollar uchun 10 balldan yig‘ib borishadi. Wyndham Rewards esa mazkur ballarni maxsus jamg‘arma kartasiga tushirib beradi. To‘plangan bonuslar orqali mehmonxonada bepul qolish, onlay xarid qilish yoki aviachiptaga ega bo‘lish mumkin. 

Foto: Wyndham Hotel Group

Yana bir aksiya – GREET AND MEET (“Iliq qabul”) deb nom olgan bo‘lib, mehmonxona xodimlari mehmonlarni aeroportning o‘zida qarshi olishadi. Yangi xizmat o‘z ichiga quyidagilarni oladi: mehmonni aeroportning ichida kutib olish, bojxona nazoratidan o‘tishga yordam berish, yuklarni bepul aravada tashish hamda mehmonxonagacha maxsus mashinalarda olib kelish.

Foto: Wyndham Hotel Group
Foto: Wyndham Hotel Group

Shuningdek, joriy yilda mehmonxona qoshida yangi Premium Silk Road sayyohlik firmasi ishga tushdi. 

Mo‘jizali oshxona

WYNDHAM TASHKENT o‘z oshxonasi, mazali taomlari bilan ham mehmonlar orasida yaxshi nom qozongan. Bosh oshpaz Doniyor Siddiqov 17 yil ish tajribasiga ega. Bu esa o‘z navbatida oshxona ozoda turishida, xizmatchilar tartibli yurishida va taomlar lazzatli chiqishida katta rol o‘ynaydi.

Planshet Menyu

Mijozlarga yanada qulaylik ulashish maqsadida mehmonxonaning “Turkuaz” va “Opera” restoranlarida planshet menyu taqdim etiladi. Endilikda mehmonlar taomlarga ofitsiant xizmatisiz elektron usulda buyurtma berishlari mumkin. Bu esa yorqin suratlar orqali kerakli taomlarni yanada yaqindan tomosha qilishga imkon beradi.

To‘y, bazm, tadbirlar uchun ajoyib maskan

Renovatsiya jarayonidan so‘ng mehmonxonadagi xonalar, suzish havzalari, fitnes-zal, anjumanlar zali butunlay qaytadan ta'mirlandi. Bu ishga qurilish sohasida katta tajribaga ega APEAS kompaniyasining yetakchi mutaxassislari jalb qilindi.

Foto: Wyndham Hotel Group
Foto: Wyndham Hotel Group
Foto: Wyndham Hotel Group

Mehmonxonada to‘y-tantanalar, tug‘ilgan kun va boshqa kechalarni ko‘ngildagidek o‘tkazish mumkin. Shuningdek, turli mavzudagi anjumanlar, seminar hamda treninglar tashkil etish uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Telefon: +99871 1203700

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 100000

Sayt: www.wyndhamtashkent.com/

Email: reservation@wyndhamtashkent.com

Facebook: www.facebook.com/HotelWyndhamTashkent

Reklama huquqi asosida

Top