Rossiyaning Novosibirsk viloyati qonunchilik majlisi deputatlari birinchi o‘qishda uy hayvonlariga tungi vaqtda baland ovozda hurish, miyovlash va vovillashni taqiqladi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda.
Qonun uy hayvonlari egalariga «tungi sokinlikni va fuqarolarning tinchini buzadigan va shovqin soladigan jonivorga nisbatan chora ko‘rish» majburiyatini yuklaydi.
Deputat Yevgeniy Smishlyayevning aytishicha, bu qonun it va mushuk egalariga tegishlidir.
Shunga ko‘ra, uning qayd etishicha, «xurillash, qichqirish (xo‘roz) va g‘aqillash mumkin».











