Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siyosiy mojaro tufayli KXDR va Malayziya uchrashuvi bekor qilinishi mumkin
Foto: Reuters
Osiyo kubogi uchun saralash bosqichi doirasidagi KXDR va Malayziya terma jamoalari o‘rtasida 5 oktabr kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan uchrashuv bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bunga Malayziya fuqarolari KXDRga kirishi taqiqlangani sabab bo‘lishi mumkin.
Oldinroq, ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar keskinlashuvi natijasida mazkur uchrashuv belgilangan muddatidan bir necha marta ortga surilgandi. Avvaliga uchrashuv 8 iyunga ko‘chirilgan, ammo Osiyo futbol konfederatsiyasi Malayziyaning uchrashuvni neytral maydonda o‘tkazish bo‘yicha iltimosini qondirmagandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuviga Kuala-Lumpur aeroportida KXDR rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘ldirib ketilishi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025