Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiyadagi yangi elchisi nomzodi tasdiqlandi
AQSh senati 28 sentabrda o‘tgan ovoz berishda Yuta shtatining sobiq gubernatori Jon Xantsmanni AQShning Rossiyadagi elchisi lavozimiga bir ovozdan tasdiqladi.
Senatning xabar qilishicha, ovoz berish yig‘ilish oxirida soddalashtirilgan tartibda bo‘lib o‘tgan.
"Bu lavozim bilim va tajribani talab qiladi va men Jon bu ish uchun eng yaxshi nomzod ekaniga shubhalanmayman", deb aytgan Yuta shtatidan senator Orrin Xetch.
Xantsmanning nomzodi ushbu lavozimga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bildirilgan.
AQShning endilikda sobiq elchisi Jon Tefft Moskvani 28 sentabrda tark etdi va pensiyaga ketishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:50 / 11.07.2026